Kinofond to’g’risida

Korxona Oʼzbekistan Respublikasi Prezidentining 2004 yil 16 martdagi «Kinematografiya sohasini boshqarishni takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 17 martdagi «Oʼzbekkino» Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida»gi 126-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Kompaniya «O’zbekkino» Milliy agentligi tomonidan topshirilgan badiiy, hujjatli va animatsion filmlarni qabul qiladi va saqlaydi. Filmlarni olish uchun Agentlikka yozma murojaat qilish kerak, chunki Film fondi agentlikning tizimli tashkilotidir. Agentlik ruxsati bilan filmlarni DVD, HARD, Flashka yoki boshqa xotira tizimlarida olish mumkin. Kinofond filmlarni saqlash, himoya qilish va kelajak avlodga toʼla-toʼkis yetkazib berish maskani hioblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3176-son qaroriga asosan «Respublika kinofondi» Davlat unitar korxonasining faoliyati, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtirishga oʼtkazildi.

«Respublika kinofondi» Davlat unitar korxonasida 2005 yildan- hozirgi vaqtgacha 863ta filmlar saqlanadi.

HD formatida hujjatli filmlar 129 ta, badiiy filmlar 50 ta va multfilm  23 ta.

Hammasi bo’lib: 202 ta film.

DVD va boshqa formatlarda hujjatli filmlar 520 ta, badiiy filmlar 98 ta va animatsion filmlar 43 tani tashkil etadi.

Hammasi bo’lib: 661 film.